Yurtimizda xalqparvar, ijtimoiy davlat qurish, inson qadrini ulugʻlash barcha islohotlarimizning bosh maqsadiga aylangan hozirgi kunda ularning boy bilim va tajribasi juda muhim.
Fursatdan foydalanib, davlatimiz rahbari har bir korxona va tashkilotga ishchanlik muhitini, mehnat jamoalariga ragʻbat va adolat ruhini olib kirayotgan kasaba uyushmalari faollariga chin dildan minnatdorchilik bildirdi.
Islohotlarning ilk kunlaridan “Inson qadri uchun” degan ezgu gʻoyani amalga oshirish uchun, avvalo, iqtisodiy-ijtimoiy sohalarni rivojlantirishga ustuvor eʼtibor qaratildi.
Bu yoʻldagi saʼy-harakatlar tufayli sakkiz yilda iqtisodiyotimizga 130 milliard dollar investitsiya kirib keldi, minglab yangi quvvatlar ishga tushirildi, millionlab doimiy ish oʻrni yaratildi.
Xususiy sektorga keng yoʻl ochilib, odamlarga munosib mehnat sharoiti yaratib berilgani uchun jon boshiga daromad 3,5 ming dollarga yetdi.