Bu haqda shu yil 20-aprel kuni Saudiya Arabistoni poytaxtida Islom olami uyushmasi tarkibidagi Islomiy fiqh akademiyasining 23-davra yigʻilishida maʼlum qilindi.
Yigʻilishda ishtirok etayotgan dunyoning yetakchi ulamolari Muftiy hazratlarini ushbu martaba bilan qutlab, Oʻzbekistondagi diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlarni yuqori baholadilar.
Shu oʻrinda aytish oʻrinliki, oxirgi yillarda Diniy idoraning musulmon dunyosi bilan aloqalari rivojlanib, turli yoʻnalishlarda munosabatlar yoʻlga qoʻyildi.
Ayniqsa, xalqaro tashkilotlar bilan amaliy hamkorlik oʻrnatildi, turli davlatlar diniy idoralari bilan memorandumlar imzolandi, xorijdagi ilmiy konferensiyalar, Qurʼon musobaqalari va koʻrgazmalarda vakillarimiz faol ishtirok etmoqda.
Taʼkidlash kerakki, shu paytga qadar ham Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Xalqaro musulmon ulamolari kengashi va Musulmon donishmandlar kengashi aʼzosi sifatida nufuzli tadbirlardagi tashabbuslari musulmon dunyosi tomonidan qoʻllab-quvvatlanmoqda.
Shuningdek, dolzarb mavzudagi chiqishlari Misr Arab Respublikasi, Qatar, Rossiya va MDHdagi bir qator davlatlarning minglab kuzatuvchilarga ega boʻlgan sayt va ijtimoiy tarmoqlar, gazeta-jurnallarda arab, ingliz va rus tillarida nashr etildi.
Oʻzbekiston vakilining mazkur kengashga qabul qilingani yurtimizda davlatimiz Rahbari rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlarning yuksak eʼtirofi boʻldi.