Muftiy bugungi kunda fatvo berishning masʼuliyati, uning moʻmin-musulmonlar hayotida tutgan oʻrni va bu boradagi ayrim muammoli masalalar haqida maʼruza qildi.
Shuningdek, u oʻz nutqida hozirgi davrda jamoaviy ijtihodga katta ahamiyat berish, fatvo berish masʼuliyatini yanada oshirish hamda yetarli ilm va dalillarga ega boʻlmay turib fatvo berishdan saqlanish kabi masalalaria alohida urgʻu berdi.
Ilmsiz fatvo berishning oldini olish, adashgan toifalarga qarshi kurashishda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va Butunjahon fatvo hayʼati huzurida zamonaviy fatvolarni oʻrganib, xulosa beradigan kengash tuzish kabi muhim takliflarni ilgari surdi.
Oʻz navbatida, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzurida Fatvo markazi faoliyat olib borayotgani hamda mazkur yoʻnalishda faol va amaliy hamkorlik qilish muhim ekanini Muftiy hazratlari maʼlum qildi.
Nutqda bayon qilingan muhim masalalar va amaliy takliflar Misr Arab Respublikasi muftiysi, professor Shavqiy Ibrohim Allom, ulamolar, davlat va din arboblari tomonidan yuqori baholandi.