Shu munosabat bilan, barcha diniy taʼlim muassasalarida oʻqituvchi va talabalarning karantin talablariga qatʼiy amal qilishlari uchun barcha sharoitlar hozirlandi. Jumladan, pedagog-oʻqituvchilari COVID-19 kasalligi uchun topshirishlari hamda oʻquv binolari, talabalar turar joylari, talabalar oshxonalari sanitariya-gigiyena va karantin talablariga mos holda belgilangan tartibda dezinfeksiya qilish ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, har bir oʻquv auditoriyalarini yetarli miqdorda antiseptik vositalar bilan taʼminlash, belgilangan tartibda har kuni dezinfeksiya qilish, oʻquv auditoriyalarida ijtimoiy masofani saqlash, oʻquv-mashgʻulotlari davomiyligini 60 daqiqadan oshmasligini belgilash hamda bir kunda uch juftlikdan koʻp oʻquv-mashgʻulotlari oʻtkazilmaslik va talabalar, pedagog-oʻqituvchi va xodimlarning tibbiy niqobda yurishlari kerakligi kabi bir qancha chora-tadbirlar joriy qilindi.

TII matbuot xizmati