Maʼlumot oʻrnida: “Open Data Institute” tomonidan taqdim etiladigan turli darajadagi sertifikatlarni dunyodagi 155 mingdan ortiq sayt va portal olgan. 

Eng yuqori boʻlgan “Platinum level” darajadagi sertifikatga ega boʻlgan atigi 3 ta saytdan biri – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining rasmiy sayti - stat.uz. boʻlsa, “Gold level” oltin darajadagi sertifikatga ega boʻlgan jami 9 ta sayt va portaldan biri –  data.egov.uz – Oʻzbekiston Respublikasining Ochiq maʼlumotlar portali hisoblanadi.

Ochiq maʼlumotlar sertifikati ochiq maʼlumotlarning sifatli nashr etilishini baholash va tan olish uchun Ochiq maʼlumotlar instituti tomonidan ishlab chiqilgan va qoʻllab-quvvatlanadigan bepul onlayn vositadir.