Xususan, Sloveniya Respublikasi Iqtisodiyot, turizm va sport vaziri Matyaj Xan, SID Bank rahbariyati bilan uchrashuvlar, ikki tomonlama muhokamalar va ushbu mamlakat yirik kompaniyalari rahbarlari bilan kengaytirilgan davra suhbati oʻtkazildi.

Uchrashuvlarda Oʻzbekistonning investitsiyaviy salohiyati namoyish etildi, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish uchun foydalanilmagan resurslar, yirik mintaqaviy bozorlarga imtiyozli chiqish va ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining samarali hamkorligi uchun zamin yaratishi mumkin boʻlgan amaliy hamkorlikning koʻplab boshqa jihatlari namoyish etildi.

Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar Sloveniya tomoni tomonidan ham hukumat, ham biznes darajasida yuqori baholanib, manfaatlar va imkoniyatlar kesishgan barcha nuqtalarda hamkorlikdagi ishlar koʻlamini oshirishga toʻliq tayyor ekani bildirildi.

Toʻqimachilik va meva-sabzavot mahsulotlari, mineral oʻgʻitlar, plastmassa, rangli metallar, qurilish materiallari, farmatsevtika, sanoat uskunalari va yuqori qoʻshilgan qiymatga ega boshqa tayyor mahsulotlarni yetkazib berish turi va hajmini kengaytirish hisobiga oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini 500 million dollarga yetkazish boʻyicha qator kelishuvlarga erishildi.

Shu bilan birga, dorivor giyohlarni yetishtirish va oʻstirish boʻyicha yirik klasterlar tashkil etish, farmatsevtika va kosmetika mahsulotlarini birgalikda ishlab chiqarish, farmatsevtika sohasidagi oʻzbekistonlik mutaxassislarning malakasini oshirish boʻyicha hamkorlikda oʻquv dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha chora-tadbirlar kelishib olindi. Tomonlar Oʻzbekistondan hamshira va shifokorlarni ishga yuborish uchun mehnat migratsiyasi boʻyicha hukumatlararo kelishuvni imzolash boʻyicha ishlarni jadallashtiradi, deb xabar beradi Invesitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.

ISSV delegatsiyasi oʻz ishini davom ettirish uchun shu kuni Budapeshtga joʻnab ketdi.