“Wawamustats” barcha sohalarda xalqaro reytingni aniqlovchi statistika tashkiloti  hisoblanadi.  Tashkilot tomonidan  jahonda  sut ishlab  chiqarish  ko'rsatkichlari  eng  yuqori   davlatlar kuchli yigirmataligi aniqlangan.

1962-2019 yillarni  o'z  ichiga oluvchi  ushbu  reytingga  ko'ra,  O'zbekiston  2015 yildan kuchli  yigirmatalikka kirgan.  2017 yilda  9,9 million litr sut ishlab chiqarish ko'rsatkichi bilan 18-pog'onani  egallagan.   2019 yilga kelib  mamlakatimiz 10,5 million litr sut ishlab chiqarish  ko'rsatkichi bilan  17-pog'onaga ko'tarilgan.