Oʻzbekistonda YEIning “GSP+” Preferensiyalar bosh tizimi imtiyozlarini qoʻllash va ushbu mexanizm doirasida Yevropa Ittifoqi bilan ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari masalalari muhokama qilindi.

Oʻzbekiston uning Yevropa mamlakatlari bilan tashqi savdosini diversifikatsiya qilish va barqaror oʻsishiga mustahkam zamin yaratayotgan “GSP+” tizimi doirasida YEI davlatlari bilan ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada mustahkamlashga alohida ahamiyat berayotgani taʼkidlandi.

Muzokaralar yakunida tomonlar Yevropa Ittifoqining “GSP+” Preferensiyalar bosh tizimi imtiyozlaridan samarali foydalanishda tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshma tashabbuslarni amalga oshirishga kelishib oldilar, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.