Davlat statistika qoʻmitasi matbuot xizmatining eslatishicha, Xalqaro ochiq maʼlumotlar xartiyasi (Open Data Charter) 150 dan ortiq hukumat va tashkilotlarning umumiy tamoyillar asosida maʼlumotlarni xalqaro miqyosda ochiqligi va shaffofligini taʼminlash ustida ish olib boradi.
Mamlakatimizning mazkur xartiyaga qoʻshilishiga Open Data Inventory (ODIN) ochiq maʼlumotlar reytingida 63 ball toʻplab dunyoda 44-oʻrinni,Markaziy Osiyoda 1-oʻrinni egallab, umumiy 125 pogʻonaga koʻtarilgani asosiy omil boʻlib xizmat qilgan.
Rauf Nurullayev