Oʻzbekistonda 2023-yil pilla mavsumi boshlanganligi munosabati bilan Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi raisi Bahrom Sharipov pillakorlarga murojaat yoʻlladi.
Unga koʻra, 2023-yilda 1 kg hoʻl pillaning tavsiyaviy narxi 27 147 soʻmni tashkil qilib, tadbirkorlarning bu narxga qoʻshimcha oʻz mablagʻlari hisobidan 5 ming soʻmdan qoʻshib toʻlash takliflari maʼqullangach, 1 kg hoʻl pilla narxi 32 ming 147 soʻmni tashkil qilishi aytib oʻtilgan.