Oʻzbekistonda 5 yil ichida 34 kishi koʻpxotinlilik uchun jazoga tortildi

    Ijtimoiy hayot 3 Avgust 2023 1208

    Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Jamoatchilik bilan aloqalar markazi rahbari Aziz Abidov maʼlum qildi.

    Taʼkidlanishicha, Koʻp xotinlilik boʻyicha 2018-yildan 2023-yilning avgust oyigacha sudlangan.

    Qayd etilishicha, 2018-2022-yillar davomida Jinoyat kodeksining 126-moddasida (koʻp xotinli boʻlish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlik uchun 34 nafar shaxs sudlangan boʻlib, ularga tegishli jazo tayinlangan.

    Joriy yilning dastlabki olti oyi mobaynida ushbu koʻrsatkich 4 nafar shaxsni tashkil etdi.