Bu haqda “Yoshlar press klubi”da O'zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi, Alibaba Group, China Campus Network Uzbekistan kompaniyalari hamkorligida o‘tkazilgan “O‘zbekistonda elektron tijorat istiqbollari” mavzusidagi onlayn biznes Forumda ma'lumot berildi.
Forumda “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi ijro etuvchi direktori Xayrulla Sattarov yosh tadbirkorlar va ishtirokchilarga elektron tijoratga doir o'z bilim va ko‘nikmalarini o‘rtoqlashdi. Yoshlar ushbu tadbirkorlik yo‘lini tanlaganida yuzaga keladigan to‘siqlarni sanab o‘tib, ularga yechimlar taklif qildi.
Shundan so‘ng, China Campus Network Uzbekistan marketing direktori O.Xudoyberdiev elektron biznesning zamonaviy dunyo iqtisodiyotidagi ahamiyati, elektron biznesning paydo bo‘lishi va rivojlanish bosqichlari, elektron biznesning an'anaviy biznesga nisbatan ustunligi, elektron biznesning iqtisodiyotga qo‘shayotgan hissasi haqida so‘z yuritdi.
Shuningdek, Forum davomida elektron biznes – muvaffaqiyatga erishgan yirik kompaniyalar faoliyati misolida tushuntirib berildi. Alibaba Group kompaniyasiga asos solinishi va rivojlanish tarixi, uning rivojlanish strategiyasi haqida “China Campus Network” nodavlat ta'lim agentligi asoschisi, Alibaba.com ekotizimi hamkori Mr.Chzhou Young atroflicha ma'lumot berdi.