Uning fikricha, kasallik 99 foiz holatda yengil kechadi. Kasallik chalinganlarning barchasini statsionar sharoitda davolashga ehtiyoj yoʻq.

Maymun chechagi virusining tabiiy rezervuarlari va manbalari kemiruvchilar hamda maymunlar hisoblanadi. Maymun chechagi odamga asosan muloqot yoki transmissiv yoʻllar bilan (qon, tishlanish, chechak toshmasi suyuqligi, chechak pufagi orqali) yuqishi mumkin.

Chin chechakka qarshi odamlarni emlash ularni maymun chechagi kasalligidan ham asraydi. Maymun chechagi kasalligining klinik kechishi xuddi chin chechakdagidek namoyon boʻladi.

Kasallikning klinik belgilari: eti uvishish, qaltirash, tana haroratining koʻtarilishi, limfa bezlarining kattalashishi va xuddi chin chechagidek terida toshmalar toshadi.

Maymun chechagi kasalligida maxsus davolash usullari ishlab chiqilmagan. Davolash simptomatik olib boriladi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining ijtimoiy tarmoqlar orqali bergan maʼlumotlariga koʻra, bugungi kunda dunyoning bir qator davlatlari, jumladan, Amerika Qoʻshma Shtatlari, Kanada, Avstraliya, Ispaniya, Portugaliya, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlarda maymun chechagi kasalligiga chalinish holatlari davom etmoqda. Joriy yilning 31-may kuni dunyoning 30 dan ortiq davlatida jami 550 nafar fuqaroda maymun chechagi kasalligi roʻyxatga olingan.

Kasallik asosan Afrika, Janubiy Amerika, qisman Osiyo va Yevropa davlatlarida maymunlar oʻrtasida uchrab turadi. Tibbiyot tarixida maymun chechagi kasalligining odamga yuqqanligi 1970-yilda aniqlangan.

Hozirgi kunda xalqaro terrorizm ildiz otayotgan bir davrda ayrim davlatlar yoki boʻlmasa terroristik guruhlar tomonidan chin chechak va maymun chechagi viruslari kulturalarining biologik qurol sifatida ham ishlatishi ehtimoldan xoli emas. Shunday ekan, maymun chechagi epidemiyasi paytida bemorlar bilan yaqin aloqada boʻlish maymun chechagi virusini yuqtirish uchun eng muhim xavf omili hisoblanadi.

Kasallik boʻyicha kuzatuv choralarni va yangi holatlarni tezda aniqlash epidemiyani nazorat qilish muhim ahamiyatga ega.

Maymun chechagini oldini olishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda:

2022-yilning 23-26-may kunlari Rossiya Federatsiyasining Rospotrebnadzor tashkiloti tomonidan bir qator MDH davlatlari jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachlari va sanitariya-epidemiologiya xizmati mutaxassislari ishtirokida “Maymun chechagi kasalligining oldini olishda kechiktirib boʻlmaydigan profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisida” va “Maymun chechagi kasalligining kelib chiqishi, geografik tarqalishi, etiologiyasi, epidemiologiyasi, klinikasi, laboratoriyasi, davolash usullari va profilaktikasi” mavzularida seminar tarzida videoselektor oʻtkazildi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining viloyat boshqarmalari, shahar va tuman boʻlimlari boshliqlari, shifokorlari va laboratoriya xodimlari oʻrtasida “Maymun chechagi kasalligining kelib chiqish tarixi, dunyo boʻylab tarqalishi, etiologiyasi, epidemiologiyasi, klinikasi, tashhisoti, qiyosiy tashhisoti, davolash usullari va profilaktikasi” mavzularida seminar tarzida vidoselektor boʻlib oʻtkazildi.

Shuningdek, kasallikning respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish, kasallik boʻyicha shifokor va tibbiyot xodimlariga zamonaviy bilim, xalqaro miqyosida erishilgan ilgʻor tajriba. koʻnikmalarni va tadqiqot natijalarini yetkazish hamda shu yoʻl bilan qarshi kurash choralari, uning epidemiologik nazorati, tashxisoti, davolash usullari, profilaktikasi sifatini yaxshilash hamda ushbu infeksiyaning odamlarga boʻlgan xavfini kamaytirish maqsadida “Maymun chechagi uslubiy qoʻllanmasi” loyihasi tayyorlandi.

Sogʻliqni saqlash tizimining barcha maʼmuriy hududlarida maymun chechagi kasalligining kirib kelishi va tarqalishini oldini olish boʻyicha hamkor tashkilotlar ishtirokida oʻquv taktik mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda.

Kasalliklarni chetdan kirib kelishining oldini olish maqsadida respublika boʻyicha bugungi kunda davlat chegaralarini kesishish joylarida 54 ta sanitariya-karantin punktlari faoliyat koʻrsatib kelmoqda, shulardan 36 tasi avtomagistral yoʻllarida, 11 tasi Xalqaro aeroportlarida, 6 tasi temir yoʻl va 1 tasi daryo portida tashkil etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga chegaradan kirib kelayotgan yoʻlovchilarni tibbiy-sanitariya koʻrigini yaxshilash maqsadida barcha Xalqaro aeroportlar va avtomagistral yoʻllarda joylashgan yoʻlovchi oʻtish oqimi yuqori boʻlgan sanitariya-karantin punktlari zamonaviy teplovizorlar va kontaktsiz termometr (pirometr)lar bilan yetarlicha taʼminlangan.

Respublika chegara-bojxona postlarida sanitariya-karantin punktlarining ish faoliyati kuchaytirildi. Postlarda sanitariya-karantin punktlari xodimlari va boshqa chegara-bojxona postlari xodimlari hushyorligi oshirib borilmoqda.