IIV tomonidan 25-iyul holatiga koʻra respublika hududida ishga tushirilgan onlayn fotoradar va intellektual rejimda ishlovchi kameralar toʻgʻrisida eʼlon qilingan maʼlumot Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan tahlil qilindi.

Maʼlum boʻlishicha, bugungi kunda respublika boʻyicha jami 746 ta onlayn rejimida ishlovchi fotoradar va intellektual rejimida ishlovchi kameralar ishga tushirilgan.

Shuningdek, fotoradarlar va intellektual rejimida ishlovchi kameralarning 23 tasi yoʻl harakati qoidalariga rioya etilishini nazorat qiluvchi, 723 tasi ruxsat etilgan harakatlanish tezligiga hamda yoʻl harakati qoidalariga rioya etilishini nazorat qilishga moʻljallangan statsionar radarlarni tashkil etadi.

Batafsil maʼlumotlar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.