Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi 5-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, vazirlikning Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi huzuridagi Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi tomonidan 2024-yil davomida respublikada mavjud 198 ta maishiy chiqindi poligonidan 29 tasi rekultivatsiya qilindi.