“O'zbekipaksanoat” uyushmasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi “O'zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi  qarori bilan tashkil etilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori va Ustav bilan Uyushmaga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida 13 ta hududiy va 144 ta tuman “Agropilla” MCHJ faoliyati yo'lga qo'yilgan.

2021-yilda 11 ta ipak qurti urug'chi ishlab chiqarish hamda 80 ta pillachilik klasterlari, ipak, paxta va jun aralashmalaridan qo'lda to'qilgan gilamlar hamda ipak mato va tayyor ipakli kiyim-kechaklar ishlab chiqaruvchi korxonalari “O'zbekipaksanoat” uyushmasi a'zosi hisoblanadi. Uyushma tizimida jami 862,5 ming nafar aholi band bo'lsa,  shundan 32,6 ming nafari doimiy va 829,9 ming nafari mavsumiy ishchilar hisoblanadi.

2021-yilning 10 oyi davomida pillachilik klasterlari tomonidan tut ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish orqali pilla etishtirish hajmini oshirish maqsadida respublika bo'yicha jami 2,7 ming gektar er maydonida yangi tutzorlar barpo etildi va 67,5 million tup tut ko'chatlari ekildi. Natijada, yangi ekilgan tut ko'chatlari va barpo etilgan tutzorlar hisobiga tut plantatsiyalari maydoni 53,4 ming gektarga, yakka qator tutlar soni qariyb 119,5 million tupga etkazildi.

Uyushma tashkil etilgandan keyin, ipak qurti urug'chiligi korxonalari to'liq o'rganib chiqilib, ularni modernizatsiya qilish, xorijiy hamkorlar bilan qo'shma korxonalar tashkil etish hamda soha mutaxassislarini Xitoyda tajriba almashish va malakasini oshirish ishlari muntazam ravishda olib borilayapti.

Bugungi kunda respublika bo'yicha urug'chilik korxonalari soni 13 taga etkazilib, mahalliylashtirish darajasi 59,8 foizni tashkil etmoqda.

 Joriy yilda etishtirilgan pilla xomashyosi tizim korxonalari tomonidan to'liq qayta ishlanib, ipak mahsulotlari eksportga yo'nalitirilmoqda.  Tizim korxonalari tomonidan etishtirilgan pilla xomashyosini qayta ishlash quvvatlaridan foydalanish darajasi 2020-yilda 94 foizni tashkil etgan bo'lsa, joriy yilda ushbu ko'rsatkich 100 foizga etkazildi.

 Bundan tashqari, joriy yilda Umimiy hisobda 117,4 million dollar miqdoridagi 101 ta investitsion loyihalar amalga oshirib kelinmoqda.

Pilla mahsulotlari eksport geografiyasida ham kengayish kuzatilmoqda. Xususan, 2020-yilda 14 ta davlatga eksport qilingan bo'lsa, joriy yilning 10 oyligida eksport qilingan davlatlar soni 16 taga etdi