«Afgʻonistondan Shimoliy yoʻnalish orqali giyohvand moddalar savdosining hajmi oshmoqda. Ayniqsa, mintaqa mamlakatlari bilan faol integratsiya jarayonlari fonida ularning hududlari orqali asosiy giyohvand moddalarning oqimi ortmoqda.
Xususan, Oʻzbekiston transport infratuzilmasi orqali giyohvand moddalarni olib oʻtishga urinishlar koʻpaygani kuzatilayapti,- dedi Olim Narzullayev. - 2021-yilda, 2020-yilga nisbatan giyohvand moddalar savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar 18,4 foizga oshdi. Yaʼni, bunday jinoyatlar oʻtgan yili 7 ming 142 tani tashkil etdi.
Musodara qilingan giyohvand moddalar hajmi 1 ming 864,4 kilogrammga teng boʻldi. Bu koʻrsatgich 2020-yilga nisbatan 20,9 foizga koʻpdir».