O‘zbekistonlik o‘quvchilar xalqaro sport turnirida 13 ta medalni qo‘lga kiritdi

    Kuni kecha Qozog‘istonning Almati shahrida taekvondo bo‘yicha bolalar va o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda hamyurtlarimiz ham munosib ishtirok etishdi.

    Jumladan, mazkur nufuzli musobaqada Toshkent shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabining yosh taekvondochilari kuchli jamoalar qatorida e’tirof etildi.

    O‘zbekistonlik o‘quvchilar mazkur bahslarda umumjamoa hisobida 13 ta, xususan 7 ta oltin, 3 ta kumush hamda 3 ta bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.