Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida futbol bo‘yicha qizlar terma jamoalari o‘rtasida “CAFA U-17 Women’s Championship 2021” xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda. Unda mezbonlar Tojikiston qizlar terma jamoasidan tashqari O‘zbekiston, Eron va Afg‘onistondan ham futbolchi qizlar ishtirok etishmoqda. Bu haqda Turizm va sport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi. 

Bugun qizlarimiz xalqaro turnir doirasida navbatdagi uchrashuvini o‘tkazishdi. 2-turda Ilhom Xanjariev shogirdlari musobaqa favoritlaridan hisoblangan eronlik tengqurlari bilan kuch sinashishdi.

Uchrashuvda U-17 qizlar terma jamoamiz 2-0 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. O‘yinda terma jamoamiz vakilasi Leyla Rustullaeva tomonidan kiritilgan ikki gol yakunda qizlarimizga g‘alaba taqdim etdi.

Eslatib o‘tamiz, Ilhom Xanjaraliev shogirdlari ilk turda tojikistonlik dugonalari bilan 1-1 hisobida murosaga kelishgan edi.