Stol tennischilar Rozalina Xadjayeva va Marhabo Magdiyeva Janubiy Afrika Respublikasida (JAR) oʻtadigan jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar berdi.
Sportchilar Qatarda oʻtayotgan dunyo birinchiligiga yoʻllanma beruvchi musobaqada muhim gʻalabani qoʻlga kiritishdi. Ular juftlik dasturida 1/16 finalda koreyalik raqibalariga imkoniyatni boy berishgan edi.
Shundan soʻng JCHga yoʻllanma beruvchi qoʻshimcha 4 ta oʻrin uchun kurashda qozogʻistonlik Anastassiya Lavrova hamda Angelina Romanovskaya ustidan 4:2 hisobida gʻalabaga erishishdi.
Sportchilarning maʼlum qilishicha, ushbu gʻalaba ular uchun 20-28-may kunlari Durban shahri mezbonlik qiladigan jahon chempionati eshiklarini ochdi.