Toshkentda stol tennisi boʻyicha xalqaro musobaqa boshlandi

    Sport 28 May 2025 751

    Bugun poytaxtimizdagi “Humo arena” majmuasida stol tennisi boʻyicha “WTT Youth contender” musobaqasi boshlandi.

    Qayd etilishicha, shu yilning 31-mayga qadar davom etadigan turnirda 16 mamlakatdan 300 nafarga yaqin sportchi gʻoliblik uchun bahs olib boradi.

    Dasturga koʻra, birinchi kun 5 yosh toifasida (U11, U13, U15, U17 va U19) dastlabki saralash bellashuvlari oʻtkazilmoqda.