2020-yilning yanvar-iyul oylari mobaynida ushbu kondan 1,45 mlrd kub metr tabiiy gaz va 3,3 ming tonna gaz kondensati qazib olindi. Qazib olishni oshirish maqsadida 2 ta yangi quduq burgʻilanib ishga topshirilishi hisobidan qoʻshimcha 44,3 mln kub metr tabiiy gaz va 0,3 ming tonna gaz kondensati qazib chiqarishga erishildi.

Bundan tashqari 21 ta quduqlarda gaz oqimini jadallashtirish uchun kapital taʼmirlash ishlari olib borildi, natijada qushimcha 21,4 mln kub metr tabiiy gaz va 0,07 ming tonna gaz kondensati qazib chiqarishga erishildi.

Tabiiy gaz qazib chiqarish hajmlarini oshirish maqsadida joriy yilda 2017-2021-yillarda Uglevodorodlarni qazib chiqarishni oshirish dasturi doirasida “Somontepa” 2-sonli Gazni dastlabki tayyorlash qurilmasi hamda uzunliklari L-33 km boʻlgan diametri 1020 mm lik gaz quvuri qurib ishga tushirish natijasida kunlik 2,0 mln kub metr tabiiy gaz qazib chiqarishni oshirishga erishildi.

“Somontepa” koni quduqlaridan qazib olinayotgan tabiiy gazlar Gazni dastlabki tayyorlash qurilmasida tayyorlanib, soʻng har birining uzunliklari L-33 km boʻlgan mavjud diametri 426 mm va 530 mm hamda yangi qurilib ishga tushirilgan diametri 1020 mm lik gaz quvurlari orqali “Somontepa” 1-sonli gazni dastlabki tayyorlash qurilmasiga uzatiladi.

Joriy yilning ikkinchi yarim yilligida “Somontepa” konidan 1 ta yangi quduq burgʻilanib ishga tushirilishi va 2 ta mavjud quduqlarda mukammal taʼmirlash ishlari hamda gaz oqimini jadallashtirish ishlarini amalga oshirish natijasida qoʻshimcha 14,6 mln kub metr tabiiy gaz va 0,04 ming tonna gaz kondensati qazib chiqarish kutilmoqda.

Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida, 2020-yil yakuni bilan “Somontepa” konidan 2,4 mlrd kub metr tabiiy gaz va 3,3 ming tonna gaz kondensati qazib olish rejalashtirilgan.