Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Kulbeshkak” gaz kondensat konidagi 63-sonli quduqda burgʻilash ishlari tugatilib, 1845–1839 metr oraliqlarida perforatsiya ishlari olib borildi.

Konlarni ishlatish departamenti mutaxassislari tomonidan berilgan tezkor maʼlumotlarga koʻra, quduqni oʻzlashtirish ishlaridan soʻng, kunlik 70 ming kub metr sanoat miqyosidagi tabiiy gaz va 1 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.

Hozirda ushbu quduq ustini jihozlash va uni gaz kollektoriga qoʻshish ishlari bajarilyapti, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.

Maʼlumot uchun: “Kulbeshkak” gaz kondensat koni Buxoro viloyatining Qorakoʻl tumanida joylashgan boʻlib, 2008-yilda ishga tushirilgan.