Pandemiya 50 kishini milliarderga aylantirdi

    2020-yilda pandemiya tufayli dunyoning turli mamlkatlarida 50 kishi milliarderga aylandi, deb yozmoqda Forbes nashri.

    Yangi milliarderlar asosan tibbiyot va farmatsevtika sohasida faoliyat yuritadi. Ulardan eng mashhurlarini quyida sanab oʻtamiz.

    Boylik boʻyicha birinchi oʻrinda, albatta, yil boʻyi barchaning diqqat markazida boʻlgan vaksina ishlab chiqaruvchi kompaniyalar aksiyadorlari boʻlishdi.

    Yangi boylar reytingining birinchi qatorlarini Gʻarbda 2 ta muvaffaqiyatli vaksina ishlab chiqargan kompaniyalar — Pfizer va BioNTech hamda Moderna rahbarlari egallashgan.

    Ugur Shaxin, germaniyalik turk — 4,2 milliard dollar. BioNTech kompaniyasi rahbariyati tarkibiga kiradi. Yil boshidan buyon kompaniya aksiyalari 160%ga oʻsdi. Pfizer bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan vaksina 95 % samaradorlik namoyish etgan.

    Stefan Bansel, Fransiya fuqarosi — 4,1 milliard. AQSHning Moderna kompaniyasi direktori va aksiyadori. Koronavirus epidemiyasi paydo boʻlgan vaqtdan boshlab kompaniyaga ulkan sarmoyalar jalb qilishga muvaffaq boʻldi. Moderna Gʻarbda eng samarador boʻlgan mRNK texnologiyasi asosida vaksina ishlab chiqqan.

    Vaksina mutlaq sunʼiy boʻlib, u virus genomiga muvofiq ravishda kompyuter dasturlash tizimi yordamida ishlab chiqilgan. Ayni damda vaksina 2 bosqich sinovlaridan oʻtmoqda. Ushbu revolyutsin texnologiya koʻplab kishilarda umid uygʻotgan, lekin hozircha birorta ham davlatda roʻyxatdan oʻtmagan. Shunday boʻlsada kompaniya oʻz aksiyadorlarini allaqachon milliarderga aylantirdi.

    Yuan Lipin, Kanada — 4,1 milliard. Xitoyda vaksina ishlab chiqariuvchi yirik farmatsevtika korxonasi Shenzhen Kangtai Biological Products kompaniyasining 24% aksiyalari egasi.

    Xu Kun, Xitoy — 3,9 milliard. Tibbiy uskunalar ishlab chiqaruvchi Contec Medical Systems kompaniyasi direktori. Yil davomida kompaniya aksiyalari 150%ga oʻsgan.

    Karl Xansen, Kanada — 2,9 milliard. Vankuverda joylashgan AbCellera biotexnologik kompaniyasi bosh direktori va aksiyadori. Kompaniya antitanachalar bilan davolashning eng zamonaviy uslublaridan foydalanadi: sunʼiy ong va mashinali oʻqitish uslublaridan. Kompaniya koronavirusni davolashda yuqori samaradorlik namoyish qilgan “bamlanivimb” preparatini ishlab chiqqan.

    Timoti Springer, AQSH — 2 milliard dollar. Moderna kompaniyasi bosh immunologi va biologik kimyo mutaxassisi va aksiyadori.

    Serjio Servanto, Italiya — 1,8 millard. Italiyada joylashgan Stevanato Group kompaniyasi tibbiy qadoqlashga ixtisoslashgan boʻlib, 40 yildan buyon vaksinalar uchun shisha idishlar ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi.

    Robert Langer, AQSH — 1,5 milliard. Moderna kompaniyasi bosh kimyogari.

    Premchand Godxa, Hindiston — 1,4 milliard. Mumbay shahrida joylashgan Ipca Labs jeneriklar va farmatsevtik ingrediyentlar tayyorlash bilan shugʻullanadi.

    Ushbu roʻyxatda yana 10dan ortiq xitoylik tibbiyot sohasi vakillari AQSH va Yevropalik farmatsevtlar bor.