Nashrning ma'lum qilishicha, koronavirusga chalinishning yangi holatlari uchrayotgani sababli “Sin`fadi” ulgurji bozori vaqtincha yopilgan. Bozorning ishchi xodimlari ham testdan o'tkazilmoqda. Undan tashqari, epidemiologiya xizmati ishchilari Fentay tumanining janubiy hududlarini — kasallanganlar bo'lgan joylarni dezinfektsiya qilishni boshladi.

Gazetada ta'kidlanishicha, keyingi ikki kunda koronavirusga chalinish bo'yicha Pekinda uchta yangi holat aniqlandi. Kasallanganlarning ikki nafari so'nggi ikki haftada Pekindan tashqariga chiqmagan. Qolgani biri esa TSindao shahriga borib kelgan.

Oxirgi ma'lumotlarga qaraganda, Xitoyda 84228 kishi ushbu kasallikka chalingan. Ularning 4600 nafari vafot etgan.