Qayd etilishicha, “Uzbekistan Airways” matbuot xizmati Pokiston va Hindiston chegarasi yaqinidagi havo hududidan foydalanishga qoʻyilgan vaqtinchalik cheklovlar munosabati bilan, parvoz jadvalidagi majburiy oʻzgarishlar haqida maʼlumot berdi.
Mazkur oʻzgarishlar Toshkent — Dehli, Mumbay, Lahor, Bangkok, Kuala-Lumpur, Pxuket va ushbu shaharlar bilan bogʻliq qaytish yoʻnalishlariga taalluqli.
Maʼlumotlarga koʻra, baʼzi holatlarda uchish vaqti oʻrtacha 1,5 soatga yoki undan koʻproqqa oshishi mumkin.
Kompaniya agar reys bekor qilinsa, yoʻlovchilarga yaqin sanalarga qayta bron qilish (jarimasiz) yoki aviabilet summasini toʻliq qaytarish imkoniyati taqdim etilishini maʼlum qildi.








