Poytaxtda oʻrtacha taʼmirlangan xonadonlar ijara narxlari 2024-yilning noyabr oyidan beri arzonlab kelayotgan boʻlsa, toʻliq taʼmirlangan 3 va 4 xonali xonadonlar uchun oʻrtacha ijara narxlarida koʻtarilish kuzatildi.

Oʻrtacha taʼmirlangan uy-joylar ijarasi.

2025-yilning fevral oyida oʻrtacha taʼmirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari oʻtgan yilning oktyabr oyidan beri sezilarli arzonladi:

  • 1 xonali: $323 (oʻtgan yilning oktyabr oyiga ($331) nisbatan -2.4%);
  • 2 xonali: $393 (oʻtgan yilning oktyabr oyiga ($414) nisbatan -5.2%);
  • 3 xonali: $480 (oʻtgan yilning oktyabr oyiga ($494) nisbatan -2.9%);
  • 4 xonali: $545 (oʻtgan yilning oktyabr oyiga ($623) nisbatan -12.5%).

Oʻrtacha taʼmirlangan xonadonlar uchun taklif etilgan nisbatan arzon ijara narxlari:

  • Sergeli tumani (1 xonali — $297, 2 xonali – $366, 3 xonali – $415, 4 xonali — $423);
  • Olmazor tumani (1 xonali – $288, 2 xonali – $351, 3 xonali – $417, 4 xonali – $488).

Nisbatan qimmat ijara narxlari:

  • Shayxontohur tumani (1 xonali – $347, 2 xonali – $462, 3 xonali – $568, 4 xonali – $694);
  • Yakkasaroy tumani (1 xonali – $383, 2 xonali – $511, 3 xonali – $646, 4 xonali – $675).

Toʻliq taʼmirlangan uy-joylar ijarasi.

Mazkur davrda toʻliq taʼmirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari oʻtgan yilning oktyabr oyiga nisbatan quyidagicha oʻzgardi:

  • 1 xonali: $420 (oʻtgan yilning oktyabr oyiga ($422) nisbatan -0.6%);
  • 2 xonali: $592 (oʻtgan yilning oktyabr oyiga ($600) nisbatan -1.1%);
  • 3 xonali: $857 (oʻtgan yilning oktyabr oyiga ($834) nisbatan +2.8%);
  • 4 xonali: $1160 (oʻtgan yilning oktyabr oyiga ($1118) nisbatan +3.8%).

Toʻliq taʼmirlangan uy-joylar uchun taklif etilgan nisbatan arzon ijara narxlari:

  • Sergeli tumani (1 xonali – $323, 2 xonali – $417, 3 xonali – $517, 4 xonali – $639);
  • Uchtepa tumani (1 xonali – $377, 2 xonali – $436, 3 xonali – $560, 4 xonali – $586).

Nisbatan qimmat ijara narxlari:

  • Mirobod tumani (1 xonali – $485, 2 xonali – $746, 3 xonali – $1051, 4 xonali – $1344);
  • Shayxontohur tumani (1 xonali – $515, 2 xonali – $748, 3 xonali – $1094, 4 xonali – $1462).