Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi ushbu maktabga Oʻzbekiston Qaxramoni, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq shoiri Ibroyim Yusupov nomi berilgan boʻlib, ijodkor oʻquvchilarni ragʻbatlantirish hamda qoʻllab-quvvatlash borasida namuna koʻrsatib kelmoqda.
Nomzod Alisher Qodirov maktab faoliyati bilan tanishar ekan, bu maskanda koʻplab Oʻzbekiston Qahramonlari yetishib chiqishiga ishonch bildirdi. Pedagoglar va oʻquvchilar bilan suhbatlashdi, ularga yaratilgan sharoitlarni oʻrgandi. Maktab bitiruvchilarini oliy taʼlimga qamrovi va oʻqituvchilarning yutuqlari bilan qiziqdi.
Dovud ABIBULLAYEV,
OʻzA