Bungacha ajdodlarimiz koʻchmanchi boʻlishgan. Ammo oʻtroq xalqlar Amudaryo va Zarafshon daryolarining tabiiy deltalarini eng boy dehqonchilik vohalariga aylantirdilar.

Yerda ishlash oson ish emas, ajdodlarimiz shifobaxsh ichimlik – qimiz yordamida kuch-quvvatlarini tiklashgan. U biyaning koʻpirtirilgan sutidan tayyorlangan. Qimizga archa shoxlari, chakanda mevalari qoʻshilgan.

Umuman olganda, oʻsha davrda otlarga boʻlgan munosabat oʻzgacha boʻlgan, bunga hududda arxeologlar tomonidan topilgan koʻplab loydan yasalgan ot haykalchalar guvohlik beradi. Asta-sekin yilqichilik Oʻrta Osiyo aholisining asosiy mashgʻulotlaridan biriga aylandi. Bu esa tabiiy hol edi, chunki otlar nafaqat transport vositasi, balki oziq-ovqat va ichimlik manbai ham edi.

Bronza davridan beri yaxshi ot dehqonchilik bilan shugʻullanuvchi barcha xalqlarning faxriga aylangan. U doston qahramoniga aylandi, chiroyli egar-jabduqlar, rang-barang toshlar bilan bezatildi. Otning quyosh sharafiga qurbon qilingani aks etgan tasvirlari amaliy sanʼat, torevtika va rangtasvir obyektlarida koʻplab uchratish mumkin.

Olis ajdodlarimiz qanday hayot kechirishgani haqida “Oʻzbekiston madaniy merosi jahon toʻplamlarida” turkumidagi “Oʻzbekiston madaniy merosi Moskva muzeylarida” kitob-albomidan maʼlumot olishingiz mumkin.

“Oʻzbekiston madaniy merosi jahon toʻplamlarida” loyihasining bosh homiysi Eriell Group neft-servis kompaniyasi ekanligini qayd etib oʻtamiz.