Alkaloid piperlongumin (PL) uzunchoq Indoneziya qalampiri tarkibida mavjud. Undan anʼanaviy Osiyo tibbiyotida dori vositalari uchun ingrediyent sifatida foydalaniladi. Sichqonda olib borilgan tadqiqotlar uning SARS-CoV-2 ni davolashda samarali ekanini koʻrsatdi. Yaʼni oʻpkaning yalligʻlanishini kamaytirib, kasallik rivojlanishini kechikishiga yordam berdi.
Tadqiqotchilar dori vositasini koronavirusning alfa, delta va omikron turlari bilan kasallangan sichqonlarda sinab koʻrishdi. Har bir holatda ham mazkur davo chorasi virus yukini kamaytirgani aniqlandi.
Piperlongumin virusga qarshi teri ostiga yuboriladigan, shuningdek, COVID-19 da virus yukini kamaytirishda qoʻllaniladigan dori vositasi – plitidepsin bilan taqqoslandi. Piperlonguminni burun boʻshligʻiga yuborish mumkin, u yaxshi muqobil variant boʻla oladi.
Chunki burun shilliq qavati SARS-CoV-2 infeksiyasining asosiy oʻchogʻi sanaladi. Mazkur dori vositasi toksik xususiyatlarga ega emasligi, plitidepsin bilan solishtirganda sichqonlarga samarali taʼsir qilishi maʼlum boʻldi.