FVV axborot xizmatining maʼlum qilishicha, hozirgi vaqtda “Qamchiq” dovonining yuqori qismida mayin qor yogʻmoqda. Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Yoʻl-patrul xizmati hamda “Qamchiqavtoyoʻl” IYFUK xodimlari hamkorligida yoʻlni qordan tozalash, muzlamalar hosil boʻlishining oldini olish va qum-tuz aralashmasini sepish ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, FVV qutqaruvchilari tomonidan nazorat tadbirlari oʻtkazilib, yoʻlda qolib ketgan haydovchilar hamda ularning avtotransport vositalariga amaliy yordam koʻrsatilmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi yoʻl-transport hodisalari bilan bogʻliq favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishda haydovchilarni barcha xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya etishga chaqirib qoladi.