Bu haqda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi axborot xizmati maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, talabgorlarning arizalari oʻrganilib, 11 992 nafar talabgorga tavsiyanoma berildi, 558 nafar talabgorning arizasi rad etildi.

Shuningdek, ehtiyojmand oilalardan boʻlgan 50 668 nafar talabgor xotin-qizlardan ham arizalar kelib tushgan.

Tuman (shahar) ishchi guruhlari tomonidan mazkur arizalar koʻrib chiqilib, 38 702 nafar talabgorga tavsiyanoma berish hamda 11 668 nafar talabgorning arizasini rad etish toʻgʻrisidagi bayonnomalar tegishli qarorlar bilan rasmiylashtirilib, elektron shaklda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasiga taqdim etildi. 

Mazkur hujjatlar asosida Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining  tegishli buyrugʻi bilan 38 702 nafar talabgorlarga tavsiyanoma berildi.

Hozirda talabgorlarning mobil telefon raqamiga tavsiyanoma berishga tavsiya etilganligi yoki rad etilganligi toʻgʻrisidagi xabar yuborilgan.

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan tavsiyanoma olgan xotin-qizlar haqidagi maʼlumotlar Bilim va malakalarni baholash agentligi bazasiga kiritiladi.