Qayd etilishicha, Rossiyaning “Ural Airlines” aviakompaniyasining Qarshi – Moskva yoʻnalishi boʻyicha U62128 reysi texnik sabablarga koʻra bekor qilingan.
Ayni damda ushbu reys yoʻlovchilari mehmonxonaga joylashtirildi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yoʻlovchilar “Ural Airlines” ning boshqa reyslarida oʻz manziliga joʻnatiladi.