Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri Gruziyada mukofotlandi

    Gruziyaning Ozurgetti shahrida N. Dumbadze nomidagi IV xalqaro teatrlar festivali boʻlib oʻtdi.

    Unda Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi N. Dumbadzening “Hellados“ spektakli bilan ishtirok etdi.

    Festival yakuniga koʻra, “Hellados“ spektakli “Eng yaxshi sahna dekoratsiyasi uchun” gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

    Ushbu mukofot spektaklni sahnalashtiruvchi rassom Nurbek Hamidovga spektakldagi oʻziga xos uslubdagi ijodiy ishi uchun berildi.

    Teatr ijodiy jamoasini ushbu mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz.