Qashqadaryoda isteʼmolga yaroqsiz yogʻ ishlab chiqarib kelgan sex fosh etildi

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz shahar boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida tezkor nazorat tadbirlari oʻtkazildi.

    Qayd etilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Kesh” MFYda yashovchi fuqaro N.Q. oʻzining yashash xonadonining yertoʻlasida yashirin sex tashkil etib, yogʻ ishlab chiqarish bilan shugʻullanib kelayotganligi aniqlanib, 604 litr isteʼmolga yaroqsiz yogʻ, 320 kg. chigit, 1 dona juvoz uskunasi va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

    Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish ) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.