Qashqadaryoda maʼmuriy binolarda energiya tejovchi texnologiyalar qamrovi oshmoqda

    Energiya tejamkor tizimga oʻtish maqsadida viloyat Bandlik bosh boshqarmasi binosiga 60 kw. lik quyosh panellari oʻrnatilibdi.

    Bu haqda viloyat hokimligi telegram kanalida maʼlum qildi.

    Shuningdek, xabarga 8 ta (Gʻuzor, Dehqonobod, Qamashi, Kitob, Mirishkor, Nishon, Kasbi va Yakkabogʻ ) tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarida 100 litr sigʻimga ega quyosh suv isitish qurilmalari oʻrnatilgan.