Bosh prokurorning matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi Hayot Shamsuddinovning maʼlum qilishicha, oʻtkazilgan sud-tibbiyot ekspertizasi marhumlarning oʻlimi is gazidan — «oʻtkir zaxarlanish«dan kelib chiqqani haqida xulosa bergan. Shuningdek, tekshirish davom etayotgani ham qoʻshimcha qilingan.

Avvalroq ​“Hududgaztaʼminot” AJ gaz taʼminoti boʻlimi va FVB xodimlari tomonidan voqea joyi oʻrganilganda gaz bosimi, dudburonning tortish kuchi meʼyorida ekani hamda is gazi sizib chiqishi holatlari aniqlanmaganini maʼlum qilgandi.