Bugungi kunda mazkur laboratoriya mutaxassislari tomonidan oltin tarkibli aralash maʼdanlarni qayta ishlashning texnologik parametrlarini aniqlash boʻyicha ish olib borilmoqda. Qayta ishlash texnologiyasi sxemasi gravitatsion-sorbsiya va flotatsion-sorbsiya usullariga asoslanadi.

Bundan tashqari, “Nuqrakon” va “Kosmonachi” konlaridan kumush tarkibli birlamchi maʼdanlarni qayta ishlash texnologiyasi ishlab chiqilmoqda. Shuningdek flotatsion-sorbsiya usulini qoʻllashning laboratoriya tadqiqotlari natijalari qayta ishlanmoqda hamda flotatsion konsentratni qayta ishlash boʻyicha tadqiqotlar davom etmoqda.

Texnologik laboratoriyada yaratilayotgan yangi usul va texnologiyalar kon-metallurgiya ishlab chiqarishiga zamon bilan hamnafas boʻlib, ilm-fan rivoji, qimmatbaho metallni ajratib olishning yangi texnologiyalarini rivojlantirish imkonini bermoqda.


“NKMK” AJ matbuot xizmati


Reklama