Shifoxonadagi bemorlardan biri tarqatgan videodan bilish mumkinki, palatalar koronavirus va zotiljamga chalingan bemorlar bilan toʻla.

“Deyarli bir sutkadan beri shifoxonada hech kim yoʻq. Bemorlar shunchaki yotibdi. Bizga hech nima aytishmadi. Shifokor va hamshiralarsiz boʻsh shifoxona. Davolanish toʻxtab qoldi. Hech kim javob bermayapti”, degan video muallifi.

Ammo tasdiqlanmagan maʼlumotlarga koʻra, shifoxona personalining 80 nafaridan 50 nafari koronavirusga chalingan. Qolganlar esa butkul charchab qolgan. Bu shifokor va hamshiralar uchun oʻrin almashish degan narsa qolmagan.

Maʼlumot uchun, Qirgʻizistonda 11 444 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 3 538 nafari sogʻaygan va 149 nafari vafot etgan.