Suvdan oqilona foydalanish suv tanqisligining oldini oladi

    Samarqandda 2022-yil hosili uchun 94 ming 130 gektar yer maydoniga gʻallani iqlim sharoitiga mos, serhosil navlari ekildi.

    Samarqandda 2022-yil hosili uchun 94 ming 130 gektar yer maydoniga gʻallani iqlim sharoitiga mos, serhosil navlari ekildi. Samarqandlik gʻallakorlar kelgusi yilda har gektar yerdan 60-70 sentner hosil yetishtirish uchun astoydil mehnat qilishmoqda.

    “Oʻzagroinspeksiya”ning hududiy boshqarmasi va tumanlar boʻlimlari tomonidan gʻalla parvarishida belgilangan agrotexnik tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi, gʻalla ekilgan maydonlarni sugʻorish tadbirlari oʻtkazilishida suv resurslaridan oqilona foydalanish yuzasidan monitoring qilinmoqda.

    Shu maqsadda, klaster korxonalari va fermer xoʻjaligi rahbarlari, suvchilar ishtirokida suvdan foydalanish, suv isteʼmoli talablariga rioya etilishi boʻyicha huquqiy targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda.

    Ammo, keng qamrovli tushuntirish ishlariga qaramasdan, suvdan foydalanish qoidalarining buzilishi bilan bogʻliq huquqbuzarliklar sodir etilmoqda.

    Xususan, Jomboy tumanidagi M.Ulugʻbek hududidagi “Sonqulov Boxodir” fermer xoʻjaligi tomonidan ekilgan 3 gektar, “Baxtiyor chorvasi” fermer xoʻjaligi tomonidan 4 gektar gʻalla maydonini sugʻorish davomida dalaga suvchi biriktirilmaganligi sababli gʻalla sugʻorishga ajratilgan suv nazoratsiz qoldirilganligi natijasida gʻalla maydoni koʻllatib yuborilgan.

    Paxtachi tumanidagi “Sh.Nazarov shogirdlari hududidagi “Sundorbek Sardorbek dalasi” va “Oq tepa oltin vodiy” fermer xoʻjaliklari tomonidan gʻalla maydonlarini sugʻorish davomida suv qarovsiz qoldirilgan. Gʻalla maydonlarini sugʻorishda kalta oʻq ariqlar bilan boʻlinmaganligi aniqlandi.

    Shunday holatlar Ishtixon tumani “Elyorjon Raxmonov”, “Maxsudjon Maxmudov”, “Oqtol dalasi”, “Ishtixon serxosil dalasi”, Toyloq tumani Jumabozor agrofirmasi xududidagi “Laziz Aziz dalasi”, Nurobod tumani “Nurbuloq” hududidagi “Shavkatjon” fermer xoʻjaligi, Oqdaryo tumani Navroʻz xududidagi “Xonchorbogʻ Beshkal”, “Eshnazarxon Jumaboyev”, “Dilshodbek Iymona” fermer xoʻjaliklari rahbarlari tomonidan sodir etilgan.

    Yuqoridagi holatlar Kattaqoʻrgʻon tumani O.Mahmudov hududidagi “Ortiq Murod dalasi”, “Boltabek”, “Toʻychiyev Sayfullo”, Payariq tumani Xasan-Husan muhandislari hududidagi “Nazar Ashur oʻgʻli”, Tomoyrot xududidagi “Nazarov Oybek”, Pastdargʻom tumanidagi “Uchqun”, Samarqand tumani Konigil xududidagi “Shuxrat” fermer xoʻjaliklarida ham aniqlandi.

    Oʻzbekiston Respublikasining MJtK ning tegishli moddalariga asosan, huquqbuzarliklarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, huquqiy taʼsir chorasi qoʻllanildi.

    Odiljon Shomurodov,

    “Oʻzagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat

    boshqarmasi katta inspektori.