Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar berdi.
Nurota davlat qoʻriqxonasi 1975-yil 10-yanvarda Jizzax viloyati Forish tumanida faoliyat boshlagan. Hududda hayvonot dunyosining 250 ga yaqin turi roʻyxatga olingan boʻlib, shundan 31 turi Qizil kitobga kiritilgan. Qoʻriqxonada eng koʻp uchraydigan asosiy muhofaza etiladigan tur Qizilqum arxari hisoblanadi.
Qizilqum arxari zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan kenja tur hisoblanadi. Oʻzbekiston Qizil kitobi, Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining Qizil roʻyxati va CITESning II ilovasiga kiritilgan. Nurota, Oqtogʻ tizmalarida, Tomditogʻ qoldiq togʻlarida, Turkiston tizmasida tarqalgan. Umumiy soni 2000 ta atrofida. Asosiy qismi Nurota qoʻriqxonasi hududida uchraydi va soʻnggi 10-yilda soni ancha barqarorlashgan. 1991-yildan beri qoʻriqxonada koʻpaytirilmoqda.