Ixtiro to'satdan yurak to'xtab qolganda reanimatsiya uchun ishlatiladi. Bu haqda korporatsiya saytidagi xabarda aytiladi.
Gap LIFE STREAM ECMO qurilmasi haqida bormoqda. Xususiyatlariga ko'ra, u xorijiy muqobillaridan qolishmaydi va uning narxi 30-40 foizga past. Ilgari bunday uskunalar Rossiyaga faqat chet eldan yetkazib berilgan, dedi Rostex ijrochi direktori Oleg Yevtushenko.
LIFE STREAM ECMO qurilmasining og'irligi to'qqiz kilogramm bo'lib, tez yordam mashinalariga o'rnatilishi mumkin. 2023-yil oxirida uni ommaviy ishlab chiqarish boshlanadi, deb xabar beradi mir24.tv.