Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, viloyat hokimligi masʼul xodimlari ishtirok etgan yigʻilishda mazkur farmondan koʻzlangan asosiy maqsad va vazifalar, uning mazmun-mohiyati tadbir ishtirokchilariga tushuntirildi. Shuningdek, viloyat hokimligida “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali ish yuritilishi, ijroni nazorat qilish, nazorat kartotekalarini yuritish va hisobotlarni shakllantirish boʻyicha Agentlik filiali bilan hamkorlik oʻrnatilgani, barcha meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning tegishli bandlari oʻz vaqtida bajarilayotgani taʼkidlandi.
Yigʻilishda maʼlumot berilishicha, mazkur farmonda belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash yuzasidan tuzilgan jadvalga asosan, monitoring olib borish maqsadida joriy yilning mart oyidan boshlab, Agentlikning hududiy filiallarida ijro intizomini takomillashtirish yuzasidan oʻrganish oʻtkazilmoqda.
2020-yil Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida, shuningdek, 2016-2021-yillardagi tarmoq va hududiy rivojlanish dasturlarida belgilangan maqsadlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasi, davlat boshqaruvi organlari rahbarlari hamda barcha darajadagi hokimlarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish belgilanganligi haqida soʻz yuritildi.