Nukus shahridagi Savdo-sanoat palatasi binosidagi hunarmandchilik galereyasida “Hunarmand” uyushmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tashabbusi bilan taklif etilgan Germaniyaning Maskontur (Mascontour) konsalting kompaniyasi turizm boʻyicha ekspertlari Martin Petrix va Kato York bilan Nukus shahar va Nukus tumani faol hunarmandlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvdan koʻzlangan maqsad Qoraqalpogʻistonda turizmni rivojlantirishda hunarmandlar salohiyatini oshirish va yaqin kunlarda ishlab chiqiladigan Qoraqalpogʻiston Respublikasi xaritasida hunarmandlarning joylashuv lokatsiyalarini joylashtirish, shuningdek xaritani mehmonxonalar, aeroport, temir yoʻl vokzallari, muzeylarga tarqatish borasida ishlar olib borilishini aytib oʻtildi.

Chet eldan kelgan turistlar hunarmandlarni toʻgʻridan–toʻgʻri xarita orqali qiynalmasdan topib borishiga imkoniyat yaratiladi.