Qoraqalpogʻistonda bir oiladan 5 kishi gazdan zaharlanib vafot etdi

    Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida uyning isituvchi qozonxonasi uy ichida yonib turganligi aniqlangan.

    Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 7 nafar aʼzosi is gazidan kuchli zaharlandi.

    Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 15-dekabr kuni soat 11:45 larda Chimboy tumani “Кеңес” OFY hududida yashovchi fuqaroning xonadonida oʻzi va 6 nafar oila aʼzolarining xushsiz holatda yotganligi qoʻshnilari tomonidan aniqlangan.

    Shu vaqtda tez tibbiy yordam shifokorlari chaqirtirilib, tekshirilganida ushbu xonadonda yashagan 1957-yilda tugʻilgan M.B., 1961-yilda tugʻilgan Z.M., 1986-yilda tugʻilgan S.B., 2008-yilda tugʻilgan A.A. va 2011-yilda tugʻilgan M.A. vafot etganligi aniqlangan. Shuningdek, 1995-yilda va 2000-yilda tugʻilgan oilaning ikki nafar aʼzosi boʻlgan yigitlar ogʻir ahvolda xushsiz yotganligi aniqlanib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

    Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu holatda is gazidan zaharlanish alomatlari mavjud boʻlib, uyning isituvchi qozonxonasi uy ichida yonib turganligi aniqlangan.

    Mazkur holat boʻyicha Chimboy tuman prokuraturasi tomonidan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda va hodisaning kelib chiqish sabablari oʻrganilmoqda.