Sirdaryo viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi tizimidagi tibbiyot muassasalarida koronavirus bilan kasallangan bemorlarga tezkor va sifatli yordam koʻrsatishni tashkil etish maqsadida mavjud oʻrin-joylardan tashqari, qoʻshimcha oʻrin-joylar tashkil etildi.
Shu vaqtgacha viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazida mavjud boʻlgan 200 ta, viloyat sil kasalliklar dispanseridagi 235 ta oʻrin-joylardan tashqari viloyat endokrinologiya dispanserida qoʻshimcha 100 ta, Guliston shahar tibbiyot birlashmasida 100 ta, Shirin shahar tibbiyot birlashmasida 15 ta, Boyovut tuman tibbiyot birlashmasida 30 ta, Guliston tuman tibbiyot birlashmasida 20 ta, Oqoltin tuman tibbiyot birlashmasida 15 ta, Sirdaryo tuman tibbiyot birlashmasida 30 ta, Sardoba tuman tibbiyot birlashmasida 20 ta, Guliston davlat universiteti yotoqxonasida 853 ta, Yangiyer shahridagi xususiy tibbiyot muassasasida 10 ta, jami 1 175 ta vaqtinchalik oʻrin-joylar tashkil etildi.
Vaqtinchalik viloyatda tashkil etilgan provizor gospitallarda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan va infeksiya yuqtirib olganligiga gumon qilgan bemorlarga tibbiy xizmat koʻrsatish ishlari yoʻlga qoʻyildi.
Shu paytgacha, koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash jarayonlarida ishtirok etayotgan shifokorlar soni 239 nafar, hamshiralar soni 411 nafar boʻlsa, yana qoʻshimcha 89 nafar shifokor va 418 nafar hamshira jalb qilindi. Bundan tashqari qoʻshimcha ehtiyojlar uchun 99 nafar shifokor, 333 nafar hamshira tayyor holga keltirildi.
Bundan tashqari viloyat “Dori darmon” masʼuliyati cheklangan jamiyatga qarashli 130 ta dorixonalarda koronavirus infeksiyasiga qarshi davolash va profilaktika qilish uchun 43 turdagi dori darmon zaxirasi yaratildi, deb xabar beradi Sirdaryo viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati.