Tadqiqotda 66 yoshdan 78 yoshgacha bo'lgan 35 nafar sog'lom erkak va ayol ishtirok etdi. Ulardan sakkiz hafta davomida kuniga ikki portsiya qulupnayga teng bo'lgan 26 gramm qulupnay kukunini iste'mol qilish so'raldi. Nazorat guruhida ishtirokchilar tarkibida o'rmon mevalari bo'lmagan kukunni iste'mol qilishdi.

Tadqiqotchilar qulupnay guruhida kongnitiv qobiliyat 5,2 foizga oshgan, sistolik qon bosimi 3,6 foizga pasaygan va umumiy antioksidant himoyasi 10,2 foizga oshgan degan xulosaga kelishdi. Tadqiqot qulupnayni iste'mol qilish kognitiv rivojlanishga yordam beradi va yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytirishini ko'rsatdi, deb xabar beradi lenta.ru.