Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur bank xizmati reklamasida “Onlayn mikroqarz” – “Zudlik bilan pul kerakmi, 50 million soʻm — Hamkor ilovasida onlayn mikroqarz rasmiylashtiring!” mazmunidagi tashqi reklama joylashtirilganligi kuzatilgan.

Ushbu axborotga bankning internetdagi rasmiy sahifasi joylashtirilgan maʼlumotlar asosida aniqlik kiritildi.

Bunda, mikroqarz bank xizmati boʻyicha faqatgina kreditning miqdori haqida axborot berilgan boʻlib, reklama axborotida ushbu kreditning qolgan muhim shartlari koʻrsatilmagan.

Reklamani bunday koʻrinishda boʻlishi reklamadan foydalanuvchilarni chalgʻituvchi yoki chalgʻitishga olib keluvchi holatni ifodalashi mumkin.

Yuqoridagilarga asosan, Qoʻmitaning Maxsus komissiyasi tomonidan “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonun talablari buzilish alomatlari yuzasidan “Hamkorbank” ATBga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qoʻllash haqida qaror qabul qildi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik boʻyicha koʻrsatma berildi.