Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi xabar berdi.

Raqobat qoʻmitasining Namangan viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan “Bashkirskaya sodovaya kompaniya” (Rossiya) AJning isteʼmolchilarni chalgʻitish va insofsiz raqobatga yoʻl qoʻyilayotgan qonunbuzilishi boʻyicha qilgan murojaati oʻrganib chiqildi.

Mazkur oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida, “MUSTANG LIDER FREE” MCHJ tomonidan “Piщyevaya soda” isteʼmol sodasi mahsulotini qadoqlanishida avval fuqarolik muomalasiga kiritilgan “Bashkirskaya sodovaya kompaniya” AJning “Soda piщyevaya” mahsulotining qadoqlanishi tashqi bezatilishi va shakli, oʻrovi hamda ranglar uygʻunligini takrorlash hamda isteʼmol sodasini ishlab chiqarish usuli va kelib chiqishi boʻyicha isteʼmolchilarni chalgʻitishga olib kelishi orqali insofsiz raqobatga yoʻl qoʻyilganlik holatlari aniqlandi.

Yuqoridagilarga muvofiq, hududiy boshqarmaning Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunining 21-moddasi talablari buzilishi alomatlari bilan korxonaga nisbatan ish qoʻzgʻatilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qoʻllanildi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik boʻyicha koʻrsatma berildi.