Unga koʼra:
— ikkinchi mutaxassislik fani (umumiy jismoniy tayyorgarlikni nazarda tutgan holda) hamda majburiy uchta fanga – ona tili (oʼzbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar), matematika va Oʼzbekiston tarixi boʼyicha test sinovlaridan ozod etgan holda maksimal ball beriladi;
— kirish imtihonlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) natijalariga koʼra, ushbu toifadagi abiturientlarning toʼplagan ballariga muvofiq, ular umumiy tanlovdan tashqari davlat granti va toʼlov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilinadi. Bunda, kirish imtihonlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) natijalariga koʼra, ushbu toifadagi abiturientlarni davlat granti va toʼlov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilish uchun minimal oʼtish bali Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq belgilanadi;
— “Sport faoliyati” va “Jismoniy madaniyat” bakalavriat taʼlim yoʼnalishlari boʼyicha oʼqishga kirish uchun onlayn roʼyxatdan oʼtish jarayonida mazkur bakalavriat taʼlim yoʼnalishlarining sirtqi taʼlim shaklini tanlagan ushbu toifadagi abiturientlar kirish imtihonlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) natijalariga koʼra faqat toʼlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilishi mumkin;
— “Jismoniy madaniyat” bakalavriat taʼlim yoʼnalishi boʼyicha oʼqishga kirish uchun onlayn roʼyxatdan oʼtgan ushbu toifadagi abiturientlarga sovrinli oʼrinlar qoʼlga kiritilgan sport turlarining xususiyatidan kelib chiqib, Oʼzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining “Sport faoliyati (faoliyat turlari boʼyicha)” bakalavriat taʼlim yoʼnalishining sport turlari boʼyicha tuzilgan fan dasturlari asosida birinchi mutaxassislik fani boʼyicha kirish imtihonlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) oʼtkaziladi;
— sovrinli oʼrinlar qoʼlga kiritilgan sport turlarining xususiyatidan kelib chiqib, birinchi mutaxassislik fani boʼyicha kasbiy (ijodiy) imtihon oliy taʼlim muassasasi professor-oʼqituvchilari, tegishli sport federatsiyalari, Turizm va sport vazirligi hamda Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi vakillaridan iborat boʼlgan tarkibda tuziladigan imtihon komissiyasi tomonidan onlayn videotranslyatsiya qilingan holda belgilangan muddatlarda oʼtkaziladi.